Qashqadaryoda haydovchi sevgan qizining yalang‘och rasmlarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi

Qashqadaryoda haydovchi sevgan qizining yalang‘och rasmlarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi

Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 27 yoshli (ayol) G.S. murojaat qilib, noma’lum shaxs uning yalang‘och holdagi video va foto tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 2.800.000 so‘m talab qilayotganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi 35 yoshli N.J. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan N.J. aslida kirakashlik bilan shug‘ullanishi, shuningdek jabrlanuvchi G.S.ni bir necha bor uyiga olib borib qo‘yish orqali u bilan tanishib olgan. N.J., G.S. bilan ma’lum vaqt ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini qo‘lga kiritib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 2.800.000 so‘mlik telefon qurilmasi yoki ushbu telefon qurilmasining pulini talab qilib, mazkur pullarni olayotgan vaqtida Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan N.J.ga nisbatan O‘zR. JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!