Qancha o‘zbekistonlikka “zapret” bekor qilindi? RF IIV aniq raqamni ma’lum qildi

Qancha o‘zbekistonlikka “zapret” bekor qilindi? RF IIV aniq raqamni ma’lum qildi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Gorovoyning so‘zlariga ko‘ra, 158 ming kishi haqida gap bormoqda.

Bu haqda u Moskvada bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zbekiston elchixonasi.

"Migrasiya amnistiyasi" sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuborilgan migrantlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

O‘tgan hafta Rossiya migrantlar federasiyasi deportasiya qilingan 150 ming o‘zbekistonlik va 150 ming tojikistonlikka mamlakatga kirish uchun ruxsat berilganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!