"Qamchiq" dovoni yo‘lida yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

"Qamchiq" dovoni yo‘lida yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 9 oktyabr kuni soat 07:30 larda Namangan viloyati hududidan o‘tgan A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lida, Qamchiq dovonida haydovchi, 1983 yilda tug‘ilgan K.R. "MAN" rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, 234-kilometrga yetgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi qarama-qarshi oqimni ajratuvchi to‘siqqa urilgan.

YTH natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Voqea joyida FVB va YHXB xodimlari tomonidan haydovchiga yordam ko‘rsatilgan. Hozirda qo‘shimcha surishtiruvlar olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!