Putinning tashrif qog‘ozi 2 million rublga sotilmoqda

Putinning tashrif qog‘ozi 2 million rublga sotilmoqda

“Avito” onlayn auksionida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 1990 yillardagi tashrif qog‘ozi sotuvga qo‘yildi. O‘shanda u Sankt-Peterburg meriyasi tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. Tashrif qog‘ozi egasi uni kamida 2 million rubl (298 million so‘m)ga sotmoqchi. U tashrif qog‘ozini Putinning otasidan olganini aytgan.

Shuningdek, auksionga Putinning yana ikkita "vizitkasi" qo‘yilgan. Ulardan birining narxi 400 ming rubl (59 million so‘m), ikkinchisiniki esa 950 ming rubl (140 million so‘m).

2019 yilning may oyida Putinning asl imzosi 100 ming rubl (14.7 million so‘m)ga sotilgandi.

Iyul oyida esa Xitoy kompaniyasi Putin G20 rahbarlari bilan uchrashuv paytidagi termokrujka nusxalarini 50 yuan (74 ming so‘m)dan 200 yuan (295 ming so‘m)gacha bo‘lgan narxda sotuvga chiqargan edi. Krujka reklamasida u sog‘liq uchun yaxshi deb ta’riflangan va har kimga ideal sovg‘a sifatida maslahat berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!