Putin va Makron Suriya va Ukraina masalalarini muhokama qildi

Putin va Makron Suriya va Ukraina masalalarini muhokama qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

Ta’kidlashicha, ikki davlat rahbarlari Suriya masalasini batafsil muhokama qilgan. Suhbat Rossiya, Turkiya, Germaniya va Fransiya rahbarlarining Istanbulda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida erishilgan Konstitusion qo‘mita tuzish haqidagi kelishuvi doirasida bo‘lib o‘tgan.

Shu bilan birga, Putin va Makron Kerch bo‘g‘ozida yuz bergan hodisa yuzasidan ham fikr almashgan. Ikki mamlakat rahbari bir-birini Yangi yil bilan tabriklagan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!