Putin AQShning yangi sanksiyalarini muhokama qilish uchun o‘zining Xavfsizlik Qo‘mitasini majlisga chaqirdi

Putin AQShning yangi sanksiyalarini muhokama qilish uchun o‘zining Xavfsizlik Qo‘mitasini majlisga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Xavfsizlik Qo‘mitasining doimiy a’zolari bilan AQSh tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi Rossiyaga qarshi qaratilgan sanksiyalar mavzusini muhokama qildi. 

"Shuningdek, Vashington tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan, savdo cheklovlari ko‘rinishidagi yangi nodo‘stona harakatlar mavzusi tilga olindi", - deb ma’lum qildi Putinning matbuot-kotibi.

Majlisda Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin, Kreml ma’muriyati rahbari Anton Vayno, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, FSB rahbari Aleksandr Bortnikov qatnashdi.

AQSh tomonidan Rossiyaga qarshi e’lon qilingan yangi sanksiyalar 22 avgustdan kuchga kiradi.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!