Putin: "AQSh bush ishni qilsa, Rossiya AQShni nishonga oladi"

Putin: "AQSh bush ishni qilsa, Rossiya AQShni nishonga oladi"

Bugun Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining Federal kengashga qaratilgan nutqida global xavfsizlik masalasida ham to‘xtalib o‘tdi.

Xususan, Putin AQSh O‘rta va yaqin masofa raketalari haqidagi shartnomani buzuvchi raketalarini Yevropa hududida joylashtirsa, Rossiya o‘z raketalarini qaror qabul qiluvchi markazlarga yo‘naltirishini aytdi.

Bizlarni keyin hech kim va hech narsada ayblamasligi uchun, bugun shuni ochiq aytishimiz kerak: Rossiya nafaqat bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solishi mumkin bo‘lgan hududlarga qarshi, balkim ularning qaror qabul qilish markazlari joylashgan hududlarga ham zarba beruvchi qurollar ishlab chiqishga va ularni shay qilib qo‘yishga majbur bo‘lmoqda , - dedi Rossiya prezidenti.

Putin Yevropada o‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalarni birinchi bo‘lib joylashtirmasligini va vaziyatni keskinlashtirishdan manfaatdor emasligini xabar qildi.

AQSh esa Yevropaning Polsha va Ruminiya davlatlarida Tomagavk raketalarini uchirishi mumkin bo‘lgan Idjis eshor uskunalarini allaqachon joylashtirganini va u yerdan uchirilgan raketalar Moskvagacha 10 12 daqiqada yetib kelishi mumkinligini xabar qildi.

Ushbu munosabat bilan Putin AQShni global harbiy ustunlikka da’vo qilishdan voz kechishni talab qildi. Rossiya prezidenti fikriga ko‘ra, bu Rossiya va dunyoga xavf tug‘dirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!