"PSJ" Lamin Yamal uchun "Barsa"ga rekord miqdorda pul taklif qildi

"PSJ" Lamin Yamal uchun "Barsa"ga rekord miqdorda pul taklif qildi

Mish-mishlarga ko‘ra, "Barselona" vingeri Lamin Yamalga yana "PSJ" qiziqish bildirmoqda.

Fransuz grandi 16 yoshli vunderkindni “Real”ga erkin agent sifatida qo‘shilgan Kilian Mbappe o‘rniga o‘rinbosar sifatida aniqladi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "Barselona" "PSJ" Yamal uchun jahon futbol rekordi - 250 million nvro to‘lashga tayyorligi haqida allaqachon ma’lum qilingan. Kataloniyaliklarning pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda - futbolchi sotilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda barcha davrlarning eng qimmat transferini aynan o‘sha “PSJ” amalga oshirgan va u Neymarni “Barselona”dan 222 million yevroga sotib olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!