Prokuratura Ronalduni tergovga chaqirdi

Prokuratura Ronalduni tergovga chaqirdi

Turin prokuraturasi «Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronalduni tergov qiladi, deya xabar berdi Football Italia. Manbaga ko‘ra, bu "Yuventus"da yolg‘on moliyaviy hisobot berish ishi bo‘yicha tergov doirasida sodir bo‘ladi.

36 yoshli portugaliyalik futbolchi "keksa senyora" bilan hamkorlikning moliyaviy jihatlari haqidagi savollarga javob berishi kerak bo‘ladi. Prokurorlar Ronaldu karantin vaqtida klubdan buxgalteriya hujjatlarida ko‘rsatilmagan qo‘shimcha to‘lovlarni olgan bo‘lishi mumkin, deb gumon qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!