Prezidentdan maslahat: “Bular koronavirusga qarshi eng yaxshi himoya vositasidir”

Prezidentdan maslahat: “Bular koronavirusga qarshi eng yaxshi himoya vositasidir”

Belarusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko toza havoda sayr qilish, sport bilan shug‘ullanish va yog‘li ovqatlar, xususan, sariyog‘ iste’mol qilish koronavirus bilan kurashishga yordam berishini aytdi.

Bu haqda Belarus rahbari 2 aprel kuni "Mir" teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi "Zvezda" gazetasi.

"Kecha, juda aqlli bir rus (olim – tah.), menga unga (koronavirus - tahr.) qarshi jismoniy kuch bilan kurashishimiz kerakligini aytdi. Uning fikriga ko‘ra, ko‘proq toza havoda sport bilan shug‘ullanishimiz lozim. O‘pkalarga toza havo kirishini ta’minlash asosiy vazifa. Ammo biz ko‘pincha parhez saqlaymiz. Vaholanki, bu organizmimizni zaif qilib qo‘yadi. Shu bois ko‘proq yog‘li taomlar yeyish kerak, zero, ular o‘pkalarga viruslarga qarshi kurashishga yordam beradi ", dedi Lukashenko va "Men o‘z tajribamdan kelib chiqib, uni qo‘llab-quvvatlayman", deya qo‘shimcha qildi.

Lukashenko, shuningdek, unga pnevmoniyadan har bir o‘lim to‘g‘risida xabar berilganligini va ayni paytda mamlakatda koronavirus asoratlari tufayli to‘rt kishi vafot etganini ma’lum qildi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!