Prezident Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qildi

Prezident Qozog‘istonda o‘lim jazosi bekor qildi

Qozog‘istonda mahkumlarga beriladigan eng oliy jazo-o‘lim jazosi bekor qilindi. Bu haqda prezident veb-saytida shanba kuni e’lon qilindi.

Veb-sahifada berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, prezident Qosim-Jomart Tokayev Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktni ratifikasiya qilish bo‘yicha hujjatni imzolagan bo‘lib, ushbu hujjat o‘lim jazosini bekor qiladi.

Qozog‘istonda 2003 yildan buyon o‘lim jazosini amalga oshirish to‘xtatib turilib kelinayotgandi. Ammo, sudlar ba’zi istisno holatlarda mahkumlarga eng oliy jazoni berishgan. Bunday istisno holatlarda asosan terroristik xarakterdagi jinoyatlarda aybdor deb topilganlar o‘limga hukm qilingan.

2016 yilda Qozog‘istonning eng yirik shahri Olmaota shahrida sodir bo‘lgan qo‘zg‘olon paytida sakkiz polisiyachi va ikki fuqaroni otib tashlagan Ruslan Kulekbayev qatl etilishi kerak bo‘lgan mahkumlar orasida edi. Endi Kulekbayev o‘ldirilish o‘rniga umrbod qamoq jazosini o‘taydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!