Prezident hokim va polisiya boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berdi

Prezident hokim va polisiya boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim Jomart Tokayev mamlakat janubida yuz bergan ommaviy tartibsizliklardan so‘ng ikki nafar amaldor va polisiya boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.

“Jambil viloyati Korday tumanida odamlar halokatiga olib voqealardan so‘ng, ish faoliyatda jiddiy kamchiliklar uchun Jambil viloyati hokimining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kurmanbekov va Korday tumani xokimi Baytol egallab turgan lavozimdan ozod etish haqida topshiriq berildi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, Jambil viloyati polisiya departamenti boshlig‘i va Korday tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ishdan bo‘shatish haqida topshiriq berildi.

Eslatib o‘tamiz, 7 fevral kuni Jambil viloyati Korday tumani Masancha qishlog‘ida ommaviy mushtlashuv boshlangan. Tartibsizliklar oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 40 kishi jarohat oldi. Polisiya 50 kishini qo‘lga oldi.

O‘t qo‘yish oqibatida 30 ta uy, 15 ta do‘kon va 23 dona avtomashiga zarar yetkazildi. Qozog‘iston bosh vazir o‘rinbosari Berdibek Saparbayev boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilib, tekshiruv ishlari boshlandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!