Poroshenko uni suratga olayotgan ukrainalik qo‘lidan telefonini tortib oldi

Poroshenko uni suratga olayotgan ukrainalik qo‘lidan telefonini tortib oldi

Ukraina prezidenti Petr Poroshenko unga savol berishga uringan erkakning qo‘lidan telefonini tortib oldi.

Ushu videoni bloger Anatoliy Shariy o‘zining YouTube kanalida e’lon qilgan. Ammo bloger mazkur hodisa qaysi shaharda sodir bo‘lganini ko‘rsatmagan.

Videoda qo‘riqchilar qurshovidagi prezident Poroshenko ukrainaliklar bilan ko‘chada self tushayotgani aniq tasvirlangan. Shu payt video egasi davlat rahbariga yaqinlashadi va uning yuzini to‘lig‘icha suratga ola boshlaydi. Prezidentga savol berishga chog‘langan telefon egasining qo‘lidan mobil aloqa vositasi olib qo‘yiladi.

Shundan so‘ng bir nechta polisiya xodimi mazkur telefon apparati hamda fuqaroning sumkasini tekshirib, yozuv egasining shaxsini aniqlashga kirishadi. U Tolstoyning Anna Karenina asari qahramoniga adash, Aleksandr Vronskiy bo‘lib chiqadi. Ma’lumotlar bazasiga berilgan qidiruv davomida polisiya xodimlaridan biri telefon egasini targ‘ibotchi va rossiyalik separatist deb atagan.

ria.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!