Pokistonda TikTok taqiqlanadi

Pokistonda TikTok taqiqlanadi

Pokistonda TikTok ijtimoiy tarmog‘i taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat telekommunikasiya boshqarmasi vakili Xurram Mehron ma’lum qildi.

"Sud Pokiston telekommunikasiya boshqarmasidan TikTok tarmog‘ini bloklashni so‘radi", - dedi u.

Mehronning qo‘shimcha qilishicha, boshqarma sud talabini bajaradi.

Peshovar yuqori sudining qarorida aytilishicha, sud da’vogarning TikTok axloqsiz kontent tarqatayotgani to‘g‘risidagi fikriga qo‘shilgan holda ilovani taqiqlaydi. 

Pokistonda TikTok o‘tgan yil oktyabrida taqiqlangan, ammo kompaniya akkauntlarni mahalliy qonunlarga muvofiq holda moderasiya qilishga va’da berganidan so‘ng taqiq bekor qilingandi.

Qisqa videoroliklar yaratish va tomosha qilish uchun mo‘ljallangan TikTok servisi Xitoyning ByteDance kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Pokistonda WhatsApp va Facebook’dan keyin eng ko‘p yuklab olingan ilova hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!