Pokistonda Qirg‘izistonning barcha tibbiyot oliygohlari qora ro‘yxatga kiritildi

Pokistonda Qirg‘izistonning barcha tibbiyot oliygohlari qora ro‘yxatga kiritildi

Pokiston Qirg‘izistondagi barcha tibbiyot oliy o‘quv yurtlarini qora ro‘yxatga kiritdi va fuqoralariga u yerlarda o‘qimaslikni tavsiya qildi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘izistonda o‘qigan pokistonliklarning 90 foizi Pokiston tibbiyot kengashida majburiy imtihondan o‘ta olmayapti va natijada ularning diplomi tan olinmayapti. 

Qirg‘iziston Ta’lim va fan vazirligi ushbu holatni ham mahalliy, ham xorijiy fuqarolarni o‘qitish sifatining pastligi bilan izohladi. Bundan tashqari, Qirg‘izistondagi oliy ta’lim muassasalarining aksari xalqaro akkreditasiyadan o‘tmagan. “Vaholanki, tibbiyot yo‘nalishida xorijliy talabalarni sifatli tayyorlash ustuvorlik kasb etishi zarur”, – deyiladi vazirlik bayonotida.  

Vazirlik yuzaga kelgan vaziyat Qirg‘izistondagi investisiya iqlimiga, shuningdek, ta’lim eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani tufayli oliy ta’lim muassasalarining lisenziyasi bo‘yicha nazoratni kuchaytirishga qaror qildi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!