Peterburgda jumaga ketayotgan musulmonlar daryoga qulagan avtobus yo‘lovchilarini qutqardi

Peterburgda jumaga ketayotgan musulmonlar daryoga qulagan avtobus yo‘lovchilarini qutqardi

Kecha, 10 may kuni Sank-Peterburg shahrida Avtobus boshqaruvni yo‘qotib, ko‘prikdan Moyka daryosiga qulagan. Hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, 8 nafar yo‘lovchiga qutqaruvchilar tomonidan yordam berilgan, 10 nafarga yaqin kishi o‘z-o‘zidan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan, olti kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, cho‘kib ketgan transport vositasining haydovchisi 44 yoshli Tojikistonlik Rahmat Qurbonov bo‘lgan. Hozir u hibsga olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 nafar ko‘ngilli kamida 2 nafar avtobus yo‘lovchisini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan. 7 daqiqa ichida professional qutqaruvchilar favqulodda hodisa joyiga yetib borishdi va keyingi zarur yordamni ko‘rsatishdi.

Davlat Dumasi deputati Sulton Xamzayevga ko‘ra, qutqaruvchilarning uch nafari dog‘istonlik Idris Gadjiyev, Shaxban Jabrailov va Muhammad Hasanovlar bo‘lgan. Ular juma namoziga ketayotgan paytda cho‘kib ketgan avtobusdagi odamlarga birinchilardan bo‘lib yordamga kelgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshlig‘i Kurenkov odamlarni qutqarishga yordam berganlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligining "Suvda halok bo‘lganlarni qutqargani uchun" medali bilan taqdirlashni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!