«Paxtakor» – «Istiqlol» o‘yinini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

«Paxtakor» – «Istiqlol» o‘yinini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

Osiyo Chempionlar Ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan dastlabki ikki o‘yinning hakamlari e’lon qilindi.

26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan «Paxtakor» (O‘zbekiston) va «Istiqlol» (Eron) klublari o‘rtasidagi bahsni ummonlik Axmad Abu Bakar Said Al Kaf boshqarib boradi.

Unga qanotlarda hamyurtlari Abu Bakr Salim Mahad va Rashid Hamid Ali yordam beradi. To‘rtinchi hakam vazifasini malayziyalik Mohd Amirul Izvan bajaradi.

Shu kuni o‘tadigan «Al Ahli» (Saudiya Arabistoni) va «Shabob Al Ahli» (BAA) jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda esa Navaf Shukrulla boshchiligidagi bahraynlik hakamlar ishlashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!