“Paxta ishi”: ko‘zim bilan ko‘rganlarim

A A A
“Paxta ishi”: ko‘zim bilan ko‘rganlarim

O‘zA saytida 7-9-10 va 11 yanvar kunlari e’lon qilingan "Paxta ishi" qanday vujudga kelgan edi?" nomli suhbatni o‘qib


Men 1979 yilda Ellikqal’a tuman “Oktyabr bayrog‘i” (hozirgi “Davr ko‘zgusi”) gazetasida bo‘lim mudiri vazifasida faoliyat ko‘rsata boshladim. 1985 yil yanvardan esa o‘rindoshlik asosida Beruniy tuman “Paxtakor” (hozirgi “Xalq minbari”) gazetasi muxbirligini ham zimmamga oldim (25 yil markaziy nashrlar muxbiri bo‘ldim.)

Shu munosabat bilan o‘sha yillari Ellikqal’a, Beruniy, To‘rtko‘l tumanlari ijtimoiy hayotida yuz bergan voqealarni, xususan, “Desant” va “Paxta ishi” bilan bog‘liq fojialarni ipidan ignasigacha bilaman. Qolaversa, Ellikqal’a tuman partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan muhandis, iqtisod fanlari nomzodi Olimboy Primovning yaqin va hamfikr inisi sifatida Qoraqalpog‘istonda “desant”ning asosiy nigohi qaratilgan atoqli insonlar – Qoraqalpog‘iston viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Qallibek Kamolov, O‘zbekiston KP MQ kotibi Yerejep Ayitmuratov, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Abdulla Xudoyberganov, O‘zbekiston Meliorasiya va suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Timur Kamolov, To‘rtko‘l tuman partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Qosim Nurumbetov, Beruniy tuman partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Olimboy Rajabov, Qorao‘zak (keyinchalik Taxtako‘pir) tuman partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Sultonmurat Qoniyozov kabilar bilan shaxsan tanish bo‘lganman. Ko‘plarining o‘sha davr haqidagi hikoyalarini o‘z qulog‘im bilan tinglaganman.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist A.Polvonzoda bilan hamkasbimiz SH.Akbarovning suhbatida ta’kidlanganidek, respublika rahbariyatida Anishchev-Ogarok-Romanovskiy-Satin-Buturlin-Gaydanov-Didorenkodan iborat “desant” guruhi faoliyat yuritgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda bu “tandem” Salikov-Maloletov-Maksimov-Donsov va boshqa “ustomon”lardan iborat edi.

Endi “desant” Qoraqalpog‘istonda ish boshlashining aniq tafsilotlari haqida biroz ma’lumot berib o‘tsam. 1984 yil 11 iyulda Toshkentda O‘zbekiston Markaziy Qo‘mitasi hay’ati majlisi o‘tkaziladi. Unda belgilangan tartibga ko‘ra Qoraqalpog‘iston viloyat partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Qallibek Kamolov ham ishtirok etadi. Majlis oxirida O‘zbekiston KP MQ birinchi kotibi In’omjon Buzrukovich Usmonxo‘jayev “Qallibek Kamolovich, bizning kabinetga bir kirib keting!” deydi. Qallibek og‘a xonaga kirganida u yerda 1983 yil 8 iyulda L.Grekovning o‘rniga ikkinchi kotib bo‘lib saylangan Timofey Nikolayevich Osetrov bor ekan. (U 99 yil yashadi. 1986 yil 13 dekabr kuni “Paxta ishi” bo‘yicha hibsga olingan). In’omjon Buzrukovich “Siz 15 iyul kuni Yegor Kuzmich Ligachev qabulida bo‘lasiz. Diplomatiya sohasiga o‘tyapsiz!” deydi. 14 iyul kuni Qallibek og‘a rafiqasi Lyubov Semyonovna bilan Moskvaga ketadi va O‘rta Osiyo sho‘’basi mudiri V.Smirnovga uchraydi. Smirnov uni K.N. Mogilnichenkoga yuboradi. Mogilnichenko O‘zbekistondagi o‘nlab kadrlar tagiga suv quygan johil odam edi. “Birovga choh qazisang o‘zing tushasan“, deganlaridek, V.Smirnov ham, K.Mogilnichenko ham, hatto qudratli Ye.Ligachev ham oxir-oqibat “Kreml ishi” bo‘yicha ayblandilar. Bu o‘rinda ulug‘ Abayning “Kuchuk asrab it etdim” degan satri yodga tushadi. Xullasi kalom, Qallibek Kamolovich Markaziy Qo‘mitada Stepan Vasilyevich Chervonenko huzuriga kiradi. Oqsoqolga uch shahar – Vyetnamning Xo Shi Min, Sharqiy Germaniyaning Rostok, Ruminiyaning Konstansa shaharlariga Bosh konsullikni tanlash huquqi beriladi. Qallibek og‘a Konstansani tanlaydi. 16 iyul kuni Qallibek og‘a janob Ligachevning huzuriga kiradi. “O‘rningizga kim birinchi kotib bo‘lishi mumkin?”, deb so‘raydi Yegor Kuzmich o‘smoqchilab. “Tajribali yigitlardan Yerejep Ayitmuratov, Kamol Rizayev, yoshlardan Sultonmurat Qoniyozov, Qayipbergen Yusupov!” deydi Qallibek og‘a. “Ayitmuratov Siz tomondanmi?” so‘raydi Ligachev. “U men bilan 18 yil Vazirlar Kengashi Raisi bo‘lib ishlagan!” javob beradi Q.Kamolov. 29 iyul kuni Qallibek Kamolov Nukus aeroportidan Moskvaga uchib ketadi. O‘shanda aeroport maydoniga odam sig‘may ketgan edi.

1984 yil avgust oyi o‘rtasida Qoraqalpog‘iston viloyat partiya qo‘mitasiga o‘n birinchi birinchi kotib etib Jezqazgan shahar partiya qo‘mitasi birinchi, Jezqazgan viloyat partiya qo‘mitasi ikkinchi kotibi, KPSS Markaziy Qo‘mitasi noziri bo‘lgan Kakimbek Salikov (1932-2013) saylandi. U O‘zbekistonga kelgach, avvalo, ikki ishning payida bo‘ldi. Aytish kerakki, ikkovini ham ro‘yobga chiqardi. Birinchisi – 3 marta Siyosiy byuroga xat yozib, Gdlyan guruhining qo‘li bilan Q.Kamolovni qamatdi. Ikkinchisi – taniqli shoir sifatida o‘zbek tilida “Jezkiyik” nomli kitobini chiqardi.

K.Salikov birinchi navbatda Q.Kamolovning eng yaqin safdoshlariga, shogirdlariga hujum qildi. 1984 yil 29 dekabrda Ellikqal’a tuman partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Olimboy Primovni ishdan bo‘shatdi. 1985 yil boshlarida K.Salikovni qayerda, qanday holatda ko‘rganimni yozsam, birorta odam ishonmasa kerak. Lekin bu bo‘lgan voqea. Ellikqal’a tuman partiya qo‘mitasi binosi yonidan o‘tayotsam, suv tashiydigan oddiy “vodovoz” mashina kelib to‘xtadi. Undan fufayka kiygan o‘rta yashar bug‘doyrang kishi tushdi. Qorovulimiz Madrahim aka, haligi barzangi odamga “Rayqo‘mga shunday xarob mashinada kelasanmi?” deb musht o‘qtaldi. Tikilib qarasam, bir hafta oldin Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida biz ziyolilar bilan majlis o‘tkazgan K.Salikov. Yugurib Madrahim akaning qo‘lini ushlab qoldim, “Bu obqo‘mning birinchi sekretari”, deb shivirladim. Universitetda K.Salikov “Zachem nam stolko mramara? Ladno eto xram nauki. No v raykomax zachem takaya roskosh?” degan edi. Demak binoni ko‘rish uchun ishchi kiyimida yashirincha kelgan ekan. U kezlar Olimboy Primovich Beruniy tumani Beruniy nomidagi sovxoz direktori edi. Og‘amni Chkalov nomidagi bo‘lim dalasidan topdim. Bo‘lim boshqaruvchisi Hojiboy Karimov tillo odam edi. Ikkovimizni holi qoldirib traktor yoniga ketdi. Salikovning “tashrifi”ni aytsam, Olimboy aka “Otlig‘u piyoda izimga tushib olgan. Qallibek Kamolovni yomonlab yozib bersang, yo obqo‘mning tarmoq kotibi yo Nukus shahar qo‘mitasi birinchi kotibi qilaman, degan edi. Yo‘rig‘iga yurmaganimdan keyin Ellikqal’adan bo‘shatdi. Bu yerda ham tinch qo‘ymaydi, shekilli!” dedi. “Bo‘sh kelmang!” dedim. Quchoqlashib xayrlashdik. 12 oktyabr kuni K.Salikov Olimboy Primovni hay’at yig‘ilishida ishdan bo‘shatdi. O‘sha yig‘ilishda bo‘lganlardan uch kishi K.Salikov “Partiya biletini bering!” deganida Olimboy akaning “Janob Salikov, partiya biletini sizdan olganim yo‘q, sizga bermayman!” deb zaldan mag‘rur chiqib ketganini aytib berishdi. Markaziy Qo‘mitadan Osetrov qo‘ng‘iroq qilib koyigach, 25 oktyabr kuni K.Salikov o‘z hujjatlarida ishkal borligini bilib qolib, masalani qayta hay’atga qo‘ydi. O‘sha kunlari Olimboy akaning rangida rang qolmagan edi. 25 yil hukumat xizmatida bo‘lib, uy ham qurmagan ekan. Akasi Safarboy Primov uyini bo‘shatib berdi. Kasalxonaga tushib qoldi. Tez-tez xabar olib turdik. Davletgeldi Sobirov degan do‘sti doimo yonida bo‘ldi. Baribir K.Salikov aytganidan qolmadi. I.Usmonxo‘jayevga bosim o‘tkazib, 1986 yil 9 yanvarda Markaziy Qo‘mitada partiyadan o‘chirtirdi. Adolat uchun aytib o‘tish kerakki, o‘shanda O‘zbekiston KP MQ kotibi Ra’no Abdullayeva Olimboy Primovning yonini olganini yaxshi bilaman. 1986 yil 25 noyabr kuni Donsov, Volosenko, IYEvlev, Glushchenko og‘ani hibsga olishdi. Olimboy aka sudda o‘zini o‘ta mag‘rur tutdi. Yolg‘on ayblovlarni rad qildi. Uni sud zalidan ozod qilishdi. Biroq ikki kun o‘tgach, manfur Gdlyanning qo‘li bilan sho‘ro saltanatining dahshatli qamoqxonalaridan biri “Matrosskaya tishina”ga eltib qo‘yishdi. 1990 yil 10 avgustgacha hibsda saqladilar. To‘qib-bichilgan jinoyat ishida mahbus 89 marta pora oldi, degan iddaolar bor edi. Tergovchilar Olimboy akaning rafiqasi Xadicha Kamolovaga, farzandlari Yulduz, Berdimurod, Shavkat, Guloyim, Ulug‘bekka (12 yashar edi), akasi Safarboyga, qaynilari Xudoyberganga, Jumaboyga, qarindoshlaridan Jabborbergan O‘rozimbetov, Abdulla Polvonov, Romon Bekimbetovga qattiq azob berdilar. O‘sha paytlar butun Ellikqal’a jamoatchiligi oyoqqa turdi. Yuqori tashkilotlarga urush qahramonlari I.Navro‘zboyev, O‘.Abdullayev va boshqalar nomidan xat tayyorlandi. O‘shanda R.P. degan urush qatnashchisi “Xatga imzo chekmayman. Ertaga nima bo‘lishini kim biladi!” degan edi. Yaqinda shaxsiy arxivimdan o‘sha xatning nusxasini topib oldim. R.P. degan joyda kaminaning imzosi turardi. Olimboy aka Gdlyan guruhi iskanjasidan chiqib kelgach, 16 yil yashadi. “Hayotim mazmuni” nomli kitob yozdi.

Odamlarning yuragiga buyruq berib bo‘lmas ekan. K.Salikov birinchi kotib etib saylanishidan oldin “desant”chilar Aleksandr Balakin, O‘rinboy Matnapesov, Niyatulla Seyitnazarov, Raygul Jumamuratovaga “Qallibek Kamolovni yomonlaysizlar!” deb yo‘l-yo‘riq berishibdi. Ammo ularning birortasi sotqinlarning ra’yiga yurmadi. Ishlab chiqarish ilg‘ori Raygul opa Jumamuratova ularga qarata “Sizlarga bittagina gapim bor. Boshimdagi ro‘molimni yechib beray. O‘rasangizlar, sizlarga zap yarashardi-da!” degan edi. O‘shanda To‘rtko‘l tuman partiya qo‘mitasi birinchi kotibi Qosim Nurumbetov, “Ko‘kdaryo” davlat xo‘jaligi direktori O‘ng‘orboy Qurboniyozov, “Ko‘kchiel” davlat xo‘jaligi direktori Yerejep Allaniyozov va boshqa bir qator ajoyib insonlar hayoti fojiali yakun topdi.

“Paxta ishi” bilan bog‘liq nohaqliklarni biz o‘z ko‘zimiz ko‘rganmiz. Esimda: 1985 yil 6 fevral kuni Ellikqal’a tumani “Moskva” hamda “Do‘stlik” jamoa xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislaridan 9 kishi Gdlyan guruhi tomonidan hibsga olindi. Ayniqsa, Ellikqal’a qo‘rig‘ini o‘zlashtirish tashabbuskorlaridan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan paxtakor, 5 ta orden sohibi (Gdlyan o‘zbekistonlik 10 nafar Sosialistik Mehnat Qahramonini hibsga olgan), “Moskva” davlat xo‘jaligi direktori Sa’dulla Rahmonovning hibsga olingani yashin tezligida tarqaldi. Ustoz Abdulla Orif yozganiday, “Gadoning dushmani gado bo‘ladi“: markaziy nashriyotda ushbu maqola muallifining S.Rahmonov haqidagi kitobi korrrekturasi o‘qiliyotgan edi. Shoshilinchnoma yuborilgach, qo‘rg‘oshinga tushirilgan matn eritib yuborildi. 19 yillik rais O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 119-1, 149-1, 153-2 va 155-moddalariga binoan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilib, mol-mulki musodara qilindi. “Do‘stlik“ jamoa xo‘jaligi raisi Muhammadjon Sherimbetov chekiga ham shu qismat tushdi.

O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, yuridik fanlari nomzodi Olimboy Rajabov avval Xo‘jayli tumanini boshqargan, 12 yildan buyon Beruniy tuman partiya qo‘mitasining birinchi kotibi bo‘lib ishlayotgan edi. 1985 yil 9 yanvarda K.Salikov uni lavozimidan tushirib, Budyonniy nomidagi qo‘riq davlat xo‘jaligiga direktor qilib yubordi. Maqsad unga qarshi material yig‘ish edi. Tez orada uni va yaqinlari, tanishlarini qamoqqa oldi. Rafiqasi, pedagogika fanlari nomzodi Maryam Rajabova, o‘g‘il-qizlari, ukalari, qarindoshlarini oylab qiynoqqa solishdi. Ukasi Komiljon Rajabov (sportchi) Urganchdagi vaqtincha saqlash binosining uchinchi qavatida tergaganlarida musht uchun qo‘l ko‘targan T.Gdlyanning qo‘lini qayirib, “Telman Xorenovich! Mening oldimda ikki yo‘l bor: birinchisi seni derazadan uloqtirish, ikkinchisi o‘zimni! Xotinim vafot etgan, norasida bolalarimga achinmaysanmi?” deydi. “Uyiga oborib qo‘yinglar, bu xuliganni!” deyishga majbur bo‘ladi tergovchi. Olimboy Rajabovning ishini paxta masalasiga bog‘lash uchun tumanning eng ilg‘or raisi, avval tuman yoshlar qo‘mitasi birinchi kotibi, tuman qishloq xo‘jalik boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Mahmud Xo‘jamuratovni qamoqqa oldilar. U va u bilan ishlagan 4 odam ancha yil panjara ortida aziyat chekdir.

Mahmudjon aka mana shu maqola yozilishidan 2 kun oldin o‘z tavalludining 80 yilligini nishonladi. Hayot davom etmoqda. Ammo o‘sha beshafqat jallodlar xalqimiz qalbiga solgan jarohat hamon bitmagan. Mahmud Xo‘jamuratov haligacha kechalari uxlay olmaydi. Gdlyan haqida gap ketsa, Komiljon Rajabovning mushti beixtiyor tugiladi. Maryamjon opa mustaqillik yillarida I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni, “Mo‘’tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Faqat shu kunlarni turmush o‘rtog‘i Olimboy Rajabov ko‘rmaganidan qattiq o‘ksiydi. Yulduz Primova Toshkentda, nufuzli poliklinikada ishlayapti. Ming afsuski, bu kunlarni dadasi Olimboy Primovich bilan onasi Xadicha aya ko‘rolmay ketdi.

2017 yil may oyida O‘zbekiston shifokorlar uyushmasi raisi, tibbiyot fanlari doktori, professor Abdulla Xudoyberganov olamdan o‘tdi. U avval Qoraqalpog‘iston, 1981-1986 yillarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lib ishlagan edi. Gdlyan guruhi unga qanday uydirmalarni yopishtirmadi, deysiz. Allaqanday oltin byust haqidagi kurakda turmaydigan afsonalar, brilliantli portfellar to‘g‘risida ertaklar to‘qildi. Ukalari — o‘sha chog‘lari Qoraqalpog‘iston paxta sanoatini boshqargan Otaullo Xudoyberganov, viloyat partiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Habilullo Xudoyberganov, Ellikqal’a tuman partiya qo‘mitasi ikkinchi kotibi Ne’matullo Xudoyberganovni bir zumda “Butirka”ga olib borib qamashdi. Oylab qiynoqqa solishdi. Xayriyatki, oyning o‘n beshi yorug‘ bo‘lib chiqdi. Mustaqillik quyoshi porladi.

Darhaqiqat, bu “ish” O‘zbekistonning asl farzandlari boshiga og‘ir kunlarni soldi. Respublika miqyosidagi rahbarlardan tortib, yuzlab firqa kotiblari, vazirlar, raislar, brigadirlar, paxta zavodi direktorlari, qabul punkti mutasaddilari nohaq qamaldi. Ularga ota, ona, rafiqa, farzand, qarindosh bo‘lgan minglab odamlar azob chekdi...

Bularning hammasini biz o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rdik. U qorong‘u kunlar endi hech qachon qaytmasin. Barpo etilayotgan yangi O‘zbekiston dunyo turgunicha ozod, obod, tinch, farovon, buyuk bo‘lib qolsin!
 

Yangiboy QO‘CHQOROV,

Yozuvchilar uyushmasi a’zosi,

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Pentagon Eronga o‘z qo‘shinlarini joylashtirish ssenariysini tayyorlamoqda

Бу ҳақда АҚШнинг БМТдаги доимий вакили Майк Уольтц Fox News телеканалига берган интервьюсида айтиб ўтди.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Erondagi urush qachon tugashi aytildi

Бу ҳақда Ynet нашри хабар берди.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

Rossiya Chernigov viloyatidagi NATO o‘quv poligoniga zarba berdi

Бу ҳақида Украинадаги яширин кўнгиллилар ҳаракати координатори Сергей Лебедев РИА Новостига маълум қилди.

Eron Donald Tramp uchun bir nechta "syurpriz" tayyorlab qo‘ydi

Бу ҳақда Tasnim агентлиги ўз манбасига таяниб хабар бермоқда.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

Eron TIV: "AQSh va Isroilning Eronga hujumining asl maqsadi aniq bo‘lib bormoqda"

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Эсмаил Бағайи ижтимоий тармоқ саҳифасида ёзди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Nikolas Maduro qamoqdan turib Venesuela xalqiga murojaat yo‘lladi

“Биз яхшимиз, собитқадаммиз, хотиржаммиз ва доимо дуодамиз”, — дейилади АҚШ тергов изоляторида сақланаётган Венесуэла етакчисининг мактубида.

Eron Parlamenti raisi: "Biz Amerika askarlarini kutyapmiz"

Бу ҳақда Эрон давлат телерадиокомпанияси хабар бермоқда.

Interpol qidiruvida bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Хабарга кўра, 40 ёшли T.Р. ва 38 ёшли Ф.A. Ўзбекистонда йирик миқдорда фирибгарлик жиноятини содир этгани учун халқаро қидирувда бўлган.

Toshkentda tunda poyga uyushtirgan 2 haydovchi qamaldi

Мазкур кўчадаги камера ёзувлари ва гувоҳларнинг кўрсатмаси асосида ўтказилган суриштирувлар давомида Lacetti русумли автомобилда 27 ёшли Рамиз Исломов ва Onix русумли автомобилда 21 ёшли Азимжон Абдусатторов бўлгани аниқланган.

Parijda Bank of America binosi oldida terakt sodir etilishining oldi olindi

Жиноятчининг иқрор бўлишича, уни Snapchat платформаси орқали 600 евро эвазига ёллашган.

Ukraina terma jamoasi Ispaniyada o‘g‘rilar hujumiga uchradi

Ўйинчилар ва мураббийлар штаби қимматбаҳо соатлар, бир неча минг евролик ҳашаматли буюмлар ва нақд пул йўқолганини аниқлаган.

Xakan Fidan: Yaqin Sharqdagi keskinlik kengroq urushga aylanishi mumkin

Бу ҳақда Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан Стамбулда бўлиб ўтган Халқаро стратегик коммуникациялар (STRATCOM) саммитида сўзлаб, маълум қилди.

Keniyada yomg‘ir va sel oqibatida o‘limlar soni 108 ga yetdi

Бу ҳақда мамлакат Миллий полиция хизмати хабар берди.

Eron bilan mojaroning cho‘zilishi AQSh va Isroil uchun jiddiy yo‘qotishlarga olib kelmoqda

Сüддеутсче Зеитунг нашрининг хабар беришича, Эрон билан можарони узайтириш АҚШ ва Исроил учун кутилмаган йўқотишларга ўхшайди.

Eronda yoshlar safarbarligi haqida bahsli xabarlar tarqaldi

Бу маълумотни Al Arabiya келтирган.

Lukashenko ishi MXSda ayol sudyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi

Александр Лукашенкога оид иш Халқаро жиноят судида дастлабки босқичда кўриб чиқилмоқда. Палата таркибига уч нафар судья кирган бўлиб, уларнинг барчаси аёллардир.

Dog‘istonda 100 yildagi eng yirik toshqin: 320 mingdan ortiq aholi chiroqsiz qoldi

Бу сўнгги 100 йил ичидаги энг йирик табиий офатлардан бири сифатида баҳоланмоқда.

Gresiya sohillari yaqinida 22 nafar muhojir halok bo‘ldi

Ҳодиса юзасидан қутқарув ва текширув ишлари давом этмоқда.

Mast holda YTH sodir etgan «golf afsonasi» hibsga olindi

«Голф афсонаси», йирик мусобақаларнинг 15 карра ғолиби Тайгер Вудс АҚШнинг Флорида штатида машинаси билан аварияга учраганидан сўнг ҳибсга олинди, деб хабар берди Bloomberg.

Shvesiya markaziy masjidida O‘zbekistondagi yangilanishlar yuqori baholandi

Швеция пойтахти Стокголм шаҳри марказидаги “Зайд ибн Султон ал-Наҳайён” масжид-мажмуасида Ўзбекистон делегацияси ва Швеция диний пешволари ўртасида самимий мулоқот бўлиб ўтди.

AQSh Adliya vazirligi Maduro ishini kengaytirishni o‘rganmoqda

АҚШ Адлия вазирлиги Венесуэла президенти Николас Мадуро иши бўйича айбланувчилар доирасини кенгайтириш имкониятини кўриб чиқмоқда.

AQSh Eron bo‘yicha barcha maqsadlarga erishilmaganini tan olishga chaqirildi

Foreign Affairsда эълон қилинган мақолага кўра, АҚШ Эрон билан муносабатларда муросага келиши ва барча мақсадларига эриша олмаслигини тан олиши керак.

Eronda urush boshlanganidan beri yuzdan ortiq “dushman josusi” ushlandi — Tasnim

Агентликнинг хабар беришича, АҚШ ва Исроилнинг Эронга қарши уруши бошланганидан бери Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) разведкаси 103 нафар “Америка-сионистик режис ёлланма аскарини” ҳибсга олган.

Trampning Eron siyosati tanqid ostida

The New York Times хабар беришича, Дональд Трампнинг Эронга оид сиёсати кутилган натижани бермаган.

Turk dunyosi noshirlari Anqarada uchrashadi

Туркия Республикаси Маданият ва туризм вазирлиги туркий дунё нашриётчилик соҳасини ягона майдонда бирлаштириш мақсадида 27–29 март кунлари Анқарада “Туркий дунё ноширлик конгресси”ни ўтказмоқда.

Pragadagi "Rossiya uyiga" "Molotov kokteyllari" bilan hujum qilindi

Марказ раҳбари Игор Гиренконинг сўзларига кўра, кутубхона биносига улоқтирилган олтита "Молотов коктейлидан" учтаси портламай қолган.

Toshkentda 4 kishini urib yuborgan Tracker haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Жиноят 26 март куни туш пайтида Ниёзбек йўли кўчасида келиб чиққан жанжалдан сўнг содир этилган. Кузатув камераларидаги тасвирларда воқеадан аввал бошқа одамлар кўз ўнгида икки эркак муштлашаётганини кўриш мумкин.