Otadi, chopadi, so‘kadi, bir-birining xotini bilan yuradi! Bu qanaqa ma’naviyat?!

Otadi, chopadi, so‘kadi, bir-birining xotini bilan yuradi! Bu qanaqa ma’naviyat?!

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov O‘zbekiston telekanallari faoliyatining ayrim jihatlarini tanqid qiluvchi post qoldirgan edi.

Xususan Allamjonov telekanallarda namoyish etilayotgan turk seriallari ustidan kelib tushayotgan shikoyatlar soni 5 baravar ortganini hamda nodavlat telekanallarda lotoreya orqali sifatsiz mahsulotlarni targ‘ib qilish avj olgani haqida gapirgan edi.

Qiqsa vaqt ichida ushbu xabar ostiga yuzlab izohlar va fikrlar paydo bo‘ldi. Ularning aksariyati Allamjonov tanqidini qo‘llab-quvvatlashdi. Quyida ushbu postlardan, bizning fikrimizcha, eng e’tiborga loyiqlarini keltirib o‘tamiz:  

“Turk seriallarni atayin kuzatdim va ularda biror marta oilani muqaddas tushuncha ekanligi, oilada er-xotin bir-biriga xiyonat qilish kechirilmas gunoh ekanligini, qurol ko‘tarib yurish jinoyat ekanligini, qiz bolani ibo-hayosi, ota-onasini, aka-ukasining oldida "sevgi o‘yinlarini o‘ynashi" uyat ekanligini - targ‘ib etuvchi birorta ham lavha ko‘rmadim!  <...> Otadi, chopadi, so‘kadi - hammasi bir-birini xotini bilan yuradi!!! Bu qanaqa ma’naviyat!”, – deb yozgan Diyorbek Rayimjonov.

-Yana bir gap, taraqqiyotga erishgan davlatlar xech qachon serial ko‘rib taraqqiyotga erishmagan! Biz ham iqtisodiy jixatdan oldimizga ko‘ygan maqsadlarimizga erishib olaylik, keyin bemalol, afrikani seriallarini ko‘rib o‘tirsak yarashaveradi – deb qo‘shimcha qilgan ushbu foydalanuvchi.

Feysbuk foydaanuvchilari, shuningdek, O‘zbekiston telekanallaridagi boshlovchilar adabiy o‘zbek tilida gapirmayotganidan ham shikoyat qilishgan.

“Assalomu alaykum ! Hurmatli Komil Allamjonov! Hozirgi kunda xususiy telekanallarda boshlovchilar deyarli shevada ko‘rsatuv olib bormoqda.Kinolarda ham shevada so‘zlashadi . Adabiy til me’yorlariga amal qilinishini nazorat qilishingizni istardim”, - deb yozgan Oymomo Oymomo nikli foydalanuvchi.

Ko‘pchillik ushbu fikrni qo‘llab quvvatlagan. Darhaqiqat, oldingi davrlarda telekanal efiridan faqat sof o‘zbek tilini eshitar edik, hozir bo‘lsa ko‘plab ko‘rsatuvlar boshlovchilari adabiy tilni chetga surib qo‘yib Toshkent shevasida so‘z yuritmoqda.

“Agar TVdagi qimorvoz kanallarni ishlarini tartibga solinmasa, odamlar sifatsiz suv va boshka maxsulotlardan zaxarlanib xam moddiy xam manaviy zarar kurishi mumkin”, - deb yozadi Shuxrat Atamuxamedov. 

Haqiqatdan ham odamlar malibu yo spark berarkan deb gazli suvlarni hadeb ichib yotibdi. Albatta ularning tarkibidagi kimyoviy bo‘yoqlar, shakar sog‘liqqa foyda keltirmaydi. Ushbu mahsulotlar sifatini biror kishi nazorat qilayotgani ham sezilmaydi.

Foydalanuvchilar, shuningdek, faqat turk seriallari emas balkim, boshqa davlatlar seriallarini ham namoyish qilish kerakligini, O‘zbekistonda suratga olinayotgan seriallarning sifati va saviyasini oshirish kerakligini ham ta’kidlashmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!