Otabek Umarov: «Habib Nurmagomedov O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna»

Otabek Umarov: «Habib Nurmagomedov O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna»

O‘zbekiston triatlon federasiyasi raisi Otabek Umarov O‘zbekistonga tashrif buyurgan UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan birga tushgan suratini Instagram’dagi sahifasiga yuklab quyidagicha izoh qoldirdi.

«Taniqli aralash jang sanati ustasi, rossiyalik UFC jangchisi Habib Nurmagomedov jonajon O‘zbekistonimizga mehmon bo‘lib tashrif buyurdi. U bilan birga sport zalida hamyurtlarimiz bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik, ular ajoyib inson bilan muloqot qilishga muyassar bo‘ldilar. U o‘zining mashhurligiga qaramay nihoyatda kamtar va samimiy inson ekan. Habibning sportda erishgan yuksak natijalarida otasi Abdulmannop Nurmagomedovning katta hissasi bor. U o‘g‘liga sportning ilk sirlarini o‘rgatgan va o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘ota olgan. Habib o‘z xalqining an’analariga sodiq munosib farzand, O‘zbekiston va butun dunyo yoshlari uchun namuna»— deya yozadi Otabek Umarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!