Osmondagi noma’lum uchar jism kameraga muhrlandi

Osmondagi noma’lum uchar jism kameraga muhrlandi

AQSh fuqarosi Shimoliy Karolina sohillari osmonidagi noma’lum uchar jism (NUJ) ni kameraga muhrlashga muvaffaq bo‘ldi. NUJni eslatuvchi olovli shar tasviri “YouTube” da e’lon qilingan.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, u osmondagi g‘ayrioddiy jismni 20 noyabrda baliq ovlayotganda payqab qolgan. Kechki soat to‘qqizlarda harakatsiz yorqin sharga uning ko‘zi tushadi. Bir soat ichida olovli shar vaqti – vaqti bilan tusini o‘zgartirib turadi, hatto uning atrofida yana bir necha yarqiroq sharchalar ham paydo bo‘ladi. Va to‘satdan ularning bari bir zumda g‘oyib bo‘lib, 20 daqiqalardan so‘ng yana paydo bo‘ladi.

“Men tasvirga olgan video huddi shu vaqtdan, ya’ni olovli sharlar yana qayta paydo bo‘lgan vaqtdan boshlanadi. Bu jismlar goh-goh yorqinligini kamaytirib, bir joyda harakatsiz muallaq turishardi” degan guvoh. 

Ushbu hodisaga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari turlicha fikrlarni bildirgan. Qoldirilgan bir izohda osmondagi olovli shar neft minorasining gaz mash’alasi ekanligi taxmin qilinadi. 

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!