Ohangaron tuman IIB xodimi 11 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi – OAV

Ohangaron tuman IIB xodimi 11 500 dollar pora bilan qo‘lga tushdi – OAV

Ohangaron tumani IIB xodimi (ba’zi bir sabablarga ko‘ra ismi-sharifini ochiqlanmagan) qidiruvda bo‘lgan shaxsni qo‘yib yuborish va unga sudda yordam berishni va’da qilib, evaziga fuqarodan 11 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olishga erishadi. Mazkur ishni hal qila olmagach esa 400 000 so‘m pulni fuqaroga qaytarayotgan vaqtida IIB binosida jinoyat ustida qo‘lga olinadi. Bu haqda «Oltin voha» (https://t.me/oltin_voha) telegram kanali xabar qilmoqda.

Hozirda jinoyat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda, deyilgan telegram kanal tarqatgan xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!