Ofisdagi ish salomatlikka qanday zarar keltirishi aniqlandi

Ofisdagi ish salomatlikka qanday zarar keltirishi aniqlandi

Zamonaviy dunyo uzluksiz ish, pul ortidan quvish konsepsiyasini faol tarzda ilgari surmoqda. Odamdan doimiy diqqat talab etadigan kasblar tobora ko‘paymoqda. Doimiy ravishda kontent yaratishi kerak bo‘lgan blogerlar, bajargan ishiga qarab haq oladigan frilanserlar shular jumlasidan. Texnologiyalarning rivojlanishi bizxa ko‘p pul ishlash imkoniyatini bermoqda. Bu uyda ishlashga ham, ofisda ishlashga ham tegishli. Biroq hordiqning yo‘qligi va doimiy ish nimasi bilan yomon? Bu o‘tirish holatidagi hayot tarzi bilan qay darajada bog‘liq? Keling, oydinlik kiritamiz.

Yaxshisi kamroq, biroq unumliroq

Bilasizki, xodimlarning ko‘pchiligida ish kuni - sakkiz soatlik. Biroq tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ular uch soat haqiqatan ham ishlaydilar. Ba’zi kompaniyalarda tajriba o‘tkazilgan: maoshni to‘liq sakkiz soatlik ish kuni uchun to‘lashgan, biroq xodimlar bor-yo‘g‘i 3-4 soat ishlashgan. Natija ijobiy: xodimlarning unumdorligi ortgan, firma daromadi esa pasaymagan.Ko‘pincha bu holat 8 soatlik ish to‘laqonli hordiq va boshqa ishlarga vaqt qoldirmasligi bilan bog‘liq. Qaysi birimiz kechki payt sport zali yoki sayrga borishga ​​tayyormiz? Natijada ko‘pchiligozda qayta tiklanish uchun vaqt qolmaydi va unumdorlik ko‘rsatkichi tushib ketadi.

O‘tirib ishlash bizni «o‘ldiradi»

O‘tirish holatidagi hayot tarzi - uy, ish, ofis bilan bog‘liq eng zararli narsalardan biri bo‘lsa kerak. Tibbiyot xodimlari ko‘p kasalliklarga aynan shuni sabab qilib ko‘rsatadilar. Yana «ofis sindromi» ham mavjud, u o‘ziga bel, quruq ko‘z sindromi va vena qon tomirlarining kengayishi kabi muammolarni oladi. Bularning bari o‘tirib ishlash va faol hayot tarzining mavjud emasligi oqibati sanaladi.Bundan tashqari, shifokorlar semirishni ofisdagi ish bilan bog‘laydilar. Axir ko‘pchilik ish stolida pechenye va tarkibida shakar bo‘lgan boshqa mahsulotlar bilan tamaddi qilishga odatlangan. Natijada biz har kuni keragidan taxminan 1300 kkal ko‘proq iste’mol qilamiz. Nafaqat ortiqcha vazn, balki qandli diabet ham vujudga keladi.

Shuning uchun shifokorlar birinchidan, shakar istesmolini cheklash, ikkinchidan, biroz bo‘lsa-da, kundalik jismoniy mashqlarni kiritishni tavsiya qiladilar. Ofis bo‘ylab sayr qiling, birinchi qavatga zinadan tushing, bir bekat masofani piyoda bosib o‘ting.

Ofisdagi ish haqida sizning fikringiz qanday?

Manba: xabardor.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!