Odiljon Tojiyev Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Odiljon Tojiyev Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Odiljon Tojiyev Toshkent viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.

Odiljon Tojiyev 1984 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2006 yili Toshkent islom universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi — huquqshunos.

U 2017 yil 5 iyuldan hozirga qadar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!