Nursulton Nazarboyev: O‘zbekistonning kelajagiga katta ishonch bilan qarayman

Nursulton Nazarboyev: O‘zbekistonning kelajagiga katta ishonch bilan qarayman

O‘zbekistonda o‘ta ijobiy o‘zgarishlar amalga oshmoqda. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Astana Club anjumani ishtirokchilariga ma’lum qildi, deya xabar beradi Tengrinews.

«Afsuski, o‘tgan yillar davomida iqtisodiyotimizdagi o‘zaro aloqalar hajmi 5 foizdan oshmagan. Biz ko‘p vaqtni behuda o‘tkazdik. O‘zbekiston Qozog‘iston bug‘doyini Yevropa orqali xarid qilganini tasavvur eta olasizmi? Shunaqasi ham bo‘lgan», — ta’kidladi Nazarboyev.

Qozog‘iston prezidentiga ko‘ra, oxirgi ikki yil davomida katta o‘zgarishlar yuz bergan, o‘zaro savdo esa har yili ikki barobar oshmoqda.

«Chegaralar ochiq, bojxona hududi umumiy, iqtisodiyotlarimiz muvofiqlashishi o‘ta faol ketmoqda. O‘zbekistonning kelajagiga katta ishonch bilan qarayman. U yerda ko‘p narsa o‘zgardi, iqtisodiyot, siyosat ancha liberallashdi. Biroq bu darrov bo‘ladigan narsalar emas. Ko‘p narsa boy berilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev to‘g‘ri yo‘ldan ketyapti va yaxshi munosabatlarni o‘rnatyapti. Shu bois kelgusida bugungidan ham yaxshi bo‘ladi, degan umiddaman», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!