Nukusdagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlanib, necha kishi hibsga olingani aytildi

Nukusdagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlanib, necha kishi hibsga olingani aytildi

Nukusdagi tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlanib, 500 dan ortiq fuqaro hibsga olindi. Bu haqda dushanba kuni Milliy gvardiya Milliy gvardiya Axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, 1-2 iyul kunlari Nukusdagi tartibsizliklarda qatnashgani uchun voqea joylarida ushlangan 516 nafar fuqaro ichki ishlar organlariga topshirildi.

Surishtiruv davomida ma’muriy choralar qo‘llanilgan ayrim fuqarolar qo‘yib yuborilayotgani ta’kidlandi.

Komendantlik tartibini buzgani uchun 110 nafar fuqaro ichki ishlar idoralariga topshirilgan. 12 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Nukus shahrida komendantlik rejimiga rioya qilmagan 58 nafar shaxs qo‘lga olingan, shundan 28 nafariga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, qolganlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, qo‘yib yuborildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!