Norov va Borrel telefon orqali suhbatlashdi

Norov va Borrel telefon orqali suhbatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqildi.

Joriy yil mamlakatimizda o‘tkazilishi kutilayotgan “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklidagi o‘zaro bog‘liqlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlash bo‘yicha vazirlar konferensiyasi hamda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari uchrashuviga doir masalalar muhokama qilindi.

Evropa tomonining 2022 yil 25-26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.

V.Norov o‘z suhbatdoshiga Qoraqalpog‘istondagi mavjud holat haqida, vaziyatni beqarorlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik, hududda tinchlik, osoyishtalik va jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida ma’lumot berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!