"Neksiya" Chirchiq daryosiga tushib ketdi (VIDEO)

"Neksiya" Chirchiq daryosiga tushib ketdi (VIDEO)

Joriy yilning 4 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda “Chirchiqda “Neksiya” daryoda oqib ketibdi” sarlavhasi ostida video lavha tarqaldi.

Joriy yilning 30 iyun kuni soat 18:20 larda, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani hududidan o‘tgan 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 32 kilometrida haydovchi 2001 y.t. I.M. “Neksiya” rusumli transport vositasida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib haydovchi X.Dj. boshqaruvida bo‘lgan “Zil” rusumli yuk avtomashinasining yon tomoniga urilgan va ushbu hudud atrofidan o‘tgan Chirchiq daryosiga tushib ketgan. Daryoga tushish vaqtida haydovchi avtomobildan tushib qolishga ulgurgan.

Ushbu hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. “Neksiya” rusumli transport vositasi daryodan chiqarib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!