Nega sud oilaviy ajrashishlarni so‘rab murojaat qilgan taraflarga yarashish maqsadida muhlat beriladi?

Nega sud oilaviy ajrashishlarni so‘rab murojaat qilgan taraflarga yarashish maqsadida muhlat beriladi?

Oilada bir-birini tushunmaslik, mensimaslik nimaXo‘p, bir vaqtlar havasmand bo‘lgan oila nega bugunga kelib qonuniy nikohdan ajrashishni so‘ramoqda. Bu so‘zning eshitilishi ham aytilishi ham buzilayotgan oilaning ahvolini o‘zida ifodalaydi. Lekin afsuski, so‘nggi vaqtlarda qonuniy nikohdan ajrashishlar sonining ko‘payib borayotgani bu tarifning odatiy lug‘atimizdan joy olishiga olib kelmoqda. ga olib keladi. Bu kabi bahonalar esa ajrimga sabab qilib ko‘rsatilayotgani esa aholi o‘rtasida oilaning muqaddas qo‘rg‘on ekanligini yetarli darajada targ‘ib qilinmayotganidan darak beradi.

Xo‘sh, fuqarolik sudlari tomonidan qanday sabablar bilan nikohdan ajrashishga oid da’vo arizalar qanoatlantirilmasdan rad etilmoqda. Sudga bizni ajrating, deya ariza bilan murojaat qilayotgan tor ma’noda taraflar emas, balki ota-onalar desak to‘g‘riroq bo‘larmidi?. Sababi bu ota-onalarning farzandlari hali anglab voyaga yetmagan farzand(lar)i ulg‘aymoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining binosi.

Sudyalar tomonidan da’vo arizalari birma-bir ko‘rib chiqilmoqda. Masalan, boyovutlik Ilxom Ne’matov (ismi sharifi o‘zgartirilgan) ham sudga da’vo ariza bilan murojaat etib, o‘z da’vo arizasida, bundan yetti yil oldin turmush o‘rtog‘i bilan qonuniy nikohdan o‘tib turmush qurganligini, o‘rtalaridagi nikohlari davomida bir nafar farzandi borligini, ayoli bilan ikki yildan buyon birga yashamasdan kelayotganligini, oilani tiklashning imkoni yo‘qligini bildirib, qonuniy nikohdan ajratishni so‘rab, sudga murojaaat qilgan.

Lekin, sud voyaga yetmagan farzandning otasi da’vogar va onasi javobgarning vajlarini tinglab, ularning o‘rtalarida tug‘ilgan farzand va oila manfaatlarini inobatga olib, taraflarga yarashish uchun 6-oy muhlat berilgan. Sudning tashabbusi bilan berilgan muhlat davomida taraflar yarashib, birga yashamoqda. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 10.05.2023 yildagi hal qiluv qarori bilan taraflar yarashganligi sababli da’vo ariza rad etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!