Navoiyda voqea joyidan qochgan talonchi qo‘lga olindi

Navoiyda voqea joyidan qochgan talonchi qo‘lga olindi

Shu yil 10 noyabr kuni noma’lum shaxs Navoiy shahrining Navoiy ko‘chasida joylashgan bozorchada F.R. (ismli ayol)ning qo‘lidagi ichida 120 000 so‘m puli bo‘lgan hamyonini yulib olib, voqea joyidan kochib ketgan. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navoiy ko‘chasida yashovchi U.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!