Navoiyda tog‘a qiz jiyaniga zo‘ravonlik qildi

Navoiyda tog‘a qiz jiyaniga zo‘ravonlik qildi

2019 yil 22 mart kuni Navoiy viloyatining Xatirchi tumani Mustaqillik mahallasida yashovchi M.Q. mast holda shu qishloqda yashovchi opasi, M.SH.ning uyida 19 yoshli S.B. ismli qiz jiyanini bosh, yuz va ko‘krak qismlariga qo‘llari bilan urib, jarohat yetkazgan. Natijada S.B. kasalxonaga yotqizilib, M.Q.qo‘lga olingan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!