Navoiyda buzg‘unchi oqim ta’siriga tushib qolgan zamonaviy “manqurt” fosh etildi

Navoiyda buzg‘unchi oqim ta’siriga tushib qolgan zamonaviy “manqurt” fosh etildi

Navoiy viloyati IIB TvaEQKB hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbirlar davomida aniqlandiki, 1975 yil Qiziltepa tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus, oilali, ayni paytda “Azizobod” MFYda yashovchi fuqaro K.M. “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog‘ida o‘zining “K.M” nomli shaxsiy profili orqali “Katibatul-imom Al-Buxoriy” xalqaro terrorchilik tashkilotining g‘oyaviy rahbarlaridan biri bo‘lgan Abdulloh Buxoriyning “Abdulloh Buhoriy: Demokratiya bu – kufr.mp4” nomli aqidaparastlik va ekstremistik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan diniy ma’ruzalari jamlangan videomateriallarini o‘rganib kelishi bilan birga, virtual do‘stlari orasida keng targ‘ib etib, ularni ham vayronkor g‘oyalar bilan chalg‘itib kelgan. Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bugungi zamon kishilarini manqurtga aylantirish uchun Chingiz Aytmatov yozganlaridek, tuya terisini taqir boshga kiydirib, issiq oftobda qoldirish shart emas. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan internet tarmog‘i buzg‘unchilarning eng asosiy quroliga aylanib ulgurgan. Tashqi yot aqidaparastlikka yo‘g‘rilgan g‘oyalar xalqni parokandalikka, aholini halokatga boshlaydi. Fuqarolarning zamonaviy texnologiyalar davrida tajovuzlar mohiyatini to‘g‘ri anglab yetgan holda, global tarmoqlardan oqilona hamda kerakli maqsadlarda foydalanishi maqsadga muvofiqdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!