Namanganda yigit va qiz o‘z joniga qasd qildi. Qiz vafot etdi

Namanganda yigit va qiz o‘z joniga qasd qildi. Qiz vafot etdi

2020 yil 15 sentyabr kuni soat 11:40 larda navbatchilik qismiga tuman shifoxonasidan fuqaro K.M ni og‘ir tan jarohati bilan olib kelinganligi haqida xabar tushgan.

Aniqlanishicha, shu kuni soat 11:00 larda Namangan viloyati, Kosonsoy tumani, “Uzunqishloq”     MFY da yashovchi  13.08.1999 y.t. fuqaro I.M va Kosonsoy tumani, “Bog‘” MFY da yashovchi 13.07.2000 y.t. fuqaro (ayol) K.M bir-birlari bilan bir-necha yil davomida yaxshi ko‘rishib, ota-onalarining turmush qurishlariga qarshilik qilganidan norozi bo‘lib, o‘zaro kelishgan holda, o‘z jonlariga qasd qilish maqsadida, dala maydoniga borib, o‘zlari bilan olib kelgan osh pichoq bilan dastlab K.M yaxshi ko‘rgan yigiti I.M ning qorin qismiga bir marotaba urib, so‘ngra pichoqni I.M ga berib, qorniga urishni so‘ragan va I.M pichoq bilan K.M ning qorin qismiga bir marotaba urgan vaqtida qiz hushidan ketib yiqilib tushishi oqibatida pichoq qizning qorin qismiga chuqur kirib ketishi natijasida vafot etgan.

I.M esa shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, I.M va K.M lar 5 yil davomida o‘zaro sevishib yurganligiga qaramasdan, K.M ning otasi qizini Kosonsoy tumani, Tergachi MFYda yashovchi, 16.07.1997 yilda tug‘ilgan F.A ga unashtirib qo‘yganligi sababli, 2020 yil 14 sentyabr kuni I.M qizning otasini oldiga borib, qizini unga berishini so‘raganda rozi bo‘lmagan.

Shundan so‘ng, 15 sentyabr kuni soat 09-00 larda I.M va K.M lar o‘zaro telefon orqali kelishib, Kosonsoy tuman markazidagi Istiroxat bog‘i oldida ko‘rishib, ular ikkalasi birgalikda Kosonsoy tuman markazida joylashgan Dexqon bozoridan 1 dona osh pichog‘ini 4000 so‘mga sotib olib, Kosonsoy tumani, Takarang MFY, Fitrat ko‘chasida joylashgan “Namuna shirin” fermer xujaligi dala maydoniga borib, o‘zaro kelishib, ota-onalarini o‘zaro turmush qurishlariga rozi qilish uchun dastlab, I.M ing qorin qismiga K.M bir marotaba pichoq urgan, so‘ngra esa K.M ning qorin qismiga I.M bir marotaba pichoq urib tan-jaroxati yetkazgan. Shundan keyin, K.M olgan tan-jaroxati natijasida tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!