Namanganda yana bir shifokor kaltaklandi

Namanganda yana bir shifokor kaltaklandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida yuz bergan janjal videosi tarqaldi. Unda 25-30 yosh atrofidagi yigit katta yoshli shifokorni kaltaklayotgani aks etgan.

Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentining xabariga ko‘ra, videodagi mazkur hodisa kecha, 6 fevral kuni, soat 10:30 larda sodir bo‘lgan.

22 yoshli A.K Chust tumanida joylashgan 46-sonli oilaviy poliklinikada bo‘la turib, jamiyatda o‘rnatilgan yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, poliklinikada bo‘lim mudiri lavozimida ishlovchi 59 yoshli X.L. bilan o‘zaro gap talashib, uning yuziga qo‘li bilan urib, yuz va burun qismiga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «a» bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!