Namanganda soylarga sel kelgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Namanganda soylarga sel kelgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganning Chust tumanidagi soyga sel kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB rasmiy izoh berdi.

Unga ko‘ra, 2024 yil 19 aprel kuni “O‘zgidromet” tomonidan Namangan viloyatining tog‘ va tog‘li hududlarida kuchli yomg‘ir va sel kelish xavfi haqida ogohlantirilgan edi.

Bugun, 22 aprel kuni Namangan viloyati Chust tumani “G‘ovasoy”, “Qoraqo‘rg‘on” MFY hududidan oqib o‘tuvchi (Nomsizsoy) va Yangiqo‘rg‘on tumani (Podshootasoy) hamda Kosonsoy tumani (Xitoysoy)ga viloyatning tog‘li hududlari hamda qo‘shni Qirg‘izistonda yog‘gan yomg‘irlar natijasida soylarga sel kelgan. Hozircha talafotlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!