Namanganda «Isuzu» 6 yoshli bolani urib yubordi

Namanganda «Isuzu» 6 yoshli bolani urib yubordi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea Yakkasada mahallasida soat 17:00 atrofida sodir bo‘lgan. Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi ishlovchi MCHJga tegishli «Isuzu» yuk avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmagan. Shundan so‘ng yo‘l chetida turgan piyoda — Chortoq tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashagan, 2015 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.

Oqibatda bola tan jarohati olib, voqea joyida halok bo‘lgan. Holat bo‘yicha shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 29 sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://namviib.uz/oz/events/yuk-mashina-urib-yuborgan-piyoda-voqea-joyida-vafot-etgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!