Namanganda "bezpridel" "Damas" haydovchisi jazolandi

Namanganda "bezpridel" "Damas" haydovchisi jazolandi

Joriy yilning 12 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan shahridagi bezpridel damaschilarni deb qolgan damaschi okalar nomiga ham yomon gaplar aytiladi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, ushbu video lavha bugun ya’ni 12 mart kuni soat 11:00 lar atrofida Namangan viloyati, Namangan shahar, A.Navoiy ko‘chasida olingan bo‘lib, haydovchi I.M. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasida yo‘lning o‘rtasida to‘xtab, qolgan haydovchilar erkin harakatlanishiga xalaqit berib, avtomashinasiga odam o‘tkazdirib, yana harakatni davom ettirib ketganligi tasvirlangan. Holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB YPX inspektorlari surishtiruv ishlarini olib borishib, qoidabuzar haydovchi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda ma’muriy bayonnoma tuzildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!