Namanganda ayol farzandlarini "Sirdaryo"ga tashlamoqchi bo‘ldi

Namanganda ayol farzandlarini "Sirdaryo"ga tashlamoqchi bo‘ldi

Joriy yilning 28 mart kuni soat 09.30larda Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida  yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan fuqaro A.SH. ikki nafar (6 va 3 yoshdagi) farzandlarini Mingbuloq tumanidan oqib o‘tuvchi “Sirdaryo” daryosi ustida joylashgan ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgan vaqtda, ushbu hududda xizmat o‘tayotgan Qo‘riqlash boshqarmasi 2-Alohida otryad  xodimlari tomonidan to‘xtatib qolingan.

Holat yuzasidan, To‘raqo‘rg‘on tuman IIB, tuman hokimiyat vakillari va oila a’zolariga xabar berilgan.

Hozirda tuman IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!