Namanganda 23 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi

Namanganda 23 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi

Namangan viloyat, Kosonsoy tumanidagi Qo‘qimboy qishlog‘ida yashagan 23 yashar SH.A. 9 yanvar kuni o‘z uyining molxonasida osilgan holda topilgan.

SH.A liseyni tugatganidan so‘ng otasining fermer xo‘jaligida ishlagan. U o‘zini osgan kuni tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan majlisda otasining o‘rnidan qatnashgan. Tez tibbiy yordam xodimlariga 15:00 da xabar yetib borgan. Ular voqea joyiga yetib kelishganida yigitda o‘lim holati aniqlangan.

Yigitning nima sababdan o‘z joniga qasd qilgani noma’lum.

Bu voqea yuzasidan tuman prokuraturasi surishtiruv olib borayotgani aytilmoqda.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!