Nacho «Real»ni tark etgani haqida fikr bildirdi

Nacho «Real»ni tark etgani haqida fikr bildirdi

Nacho Fernandes «Real»ni tark etish qarorini tushuntirdi.

Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubi 34 yoshli ispaniyalik himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Nacho 23 yil Madrid klubi tizimida bo‘ldi.

– «Bu hayotimdagi eng qiyin qaror bo‘ldi. Bunday qarorni uzoq o‘ylab keyin qabul qildim.

Bir necha oy oldin klubni tark etishim haqida rahbariyatga ma’lum qilgandim. Ha, jamoada yana bir mavsum qolish imkoniyatim bor edi, ammo barchasini yaxshi notada tugatib, yangi sarguzashtni xohladim. Barchasi shunaqa chiroyli yakunlanishini tasavvur ham qilmaganman. Madridda meni yaxshi xotiralar bilan eslashlari uchun faoliyatim davomida borimni berdim. Endi esa jamoani xotirjamlik bilan tark etdim. Barchadan minnatdorman», - deydi Nacho.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!