Moskvada Qurbon hayiti munosabati bilan musulmon madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi

Moskvada Qurbon hayiti munosabati bilan musulmon madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi

Qurbon hayiti munosabati bilan 21-25 avgust kunlari Moskvadagi Xotira (Memorial) masjidi maydonida “QurbonFest 2018” musulmon madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Rossiya Muftiylar kengashining Muslim.ru nashri xabar bermoqda

Festival doirasida Qur’oni Karim tilovati bo‘yicha darslar, imomlarning dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalari, masjid bo‘ylab ekskursiya, besh vaqt namoz o‘qishni o‘rgatish bo‘yicha “Bir soatda namoz” aksiyasi tashkil etiladi. Bolalar uchun ham alohida tadbirlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, festivalga kelganlar musulmon brendlarning mahsulotlarini va halol mahsulotlarni xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Festivaldan kelib tushgan mablag‘ xayriyaga sarflanadi.

Manba; azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!