Moskva viloyatida migrantlar uchun yotoqxonalar quriladi

Moskva viloyatida migrantlar uchun yotoqxonalar quriladi

Moskva viloyatida migrantlarning uy-joy sharoitlari yaxshilanadi. Bu haqda viloyat hukumati yig‘ilishida gubernator Andrey Vorobyov topshiriq berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy xostel va migrantlar yashaydigan "rezina" kvartiralar ko‘pincha mahalliy aholi o‘rtasida xavotir uyg‘otadi. Shu bois biznes tuzilmalari bilan ixcham modulli yotoqxonalar qurish masalasida ishlash zarur.

Bunday turar-joylar sanoat zonalari va qurilish ob’ektlar hududida joylashgan bo‘lishi kerak.

Agar biror kompaniya yoki xolding migrant mehnatidan foydalansa, ular qulay uy-joy va shart-sharoitlar bilan ta’minlashi kerak.

Oldinda ish ko‘p, bu qo‘shimcha investisiya talab qiladi, biroq mintaqa aholisining xavfsizligi va qulayligi birinchi o‘rinda turishi kerak, deb qo‘shimcha qildi gubernator.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!