MMA jangchisi Muslim Omonov o‘limi tafsilotlari «U ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan»

MMA jangchisi Muslim Omonov o‘limi tafsilotlari «U ko‘p qon yo‘qotishdan vafot etgan»

10 sentyabr kuni Toshkentda MMA professional jangchisi Muslimbek Omonov mushtlashuvda olgan jarohati oqibatida vafot etdi.

Toshkent shahar IIBB hodisa tafsilotlarini oshkor qildi, deb yozadi Repost.

11 sentyabr, chorshanbaga o‘tar kechasi soat taxminan 00:50da Yunusobod tumanida joylashgan kafelarning birida bir-biridan alohida ikki davrada o‘tirgan yigitlar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Tomonlar ko‘chaga chiqib, Shayxontohur tumaniga qarab yo‘l olgan, keyin yana Yunusobodga qaytgan va u yerda mushtlashuv kelib chiqqan. Yigitlardan biri sportchini o‘tkir tig‘li jism bilan urgan.

23 yoshli Muslimbek Omonov shifokorlar sa’y-harakatlariga qaramay hayotdan ko‘z yumgan. U ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!