MLS klublari Levandovskiga qiziqish bildirmoqda

MLS klublari Levandovskiga qiziqish bildirmoqda

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski bir qancha foydali takliflar olishi mumkin.

Avvalroq bir necha bor xabar qilinganidek, Saudiya Arabistoni chempionati vakillari polshalik hujumchini taklif qilishdan manfaatdor - ularning ba’zilari o‘tgan yozda sotib olishga harakat qilishgan.

Tudn nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi MLS klublari orasida talabga ega. Qaysi klub qiziqish bildirayotgani aniq aytilmagan. Ehtimol, qishda "ko‘k-anorranglilar"ga hujumchi borasida taklif tushar.

Robert Levandovskining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan va 2027 yilgacha uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi. Transfermarkt portali "Bavariya"ning sobiq futbolchisining narxini 30 million yevroga baholamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!