Misrda Ramzes II ning haykali topildi

Misrda Ramzes II ning haykali topildi

Misrning Giza shahrida arxeologlar qadimgi Misr xudosi Ptah ibodatxonasi yaqinida fir’avn Ramzes II haykalining yuqori qismini topdi. Bu haqda Misr qadimiy yodgorliklar bo‘yicha vazirligi ma’lumotlariga asoslanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Ramzes Ikkinchining haykali pushti granitdan ishlangan bo‘lib, u kuch, hayotiy quvvat va yashirin ruh ramzi hisoblanadi», — deydi qadimiy yodgorliklar masalalari bo‘yicha oliy kengash bosh kotibi Mustafa Vaziri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq ham III sulola fir’avnlari haykallari topilgan, biroq ular yog‘ochdan yasalgan edi.

Topilgan haykalning balandligi 105, eni 55 santimetrni tashkil etadi. Haykalning boshi ustida ko‘tarilgan qo‘llar aks etgan, bu esa kuch va hayotiy quvvatni aks ettiradi.

Fir’avn haykali xususiy yerdan topilgan bo‘lib, yer egasi dekabr oyi boshida yashirin ravishda qazilma ishlarini olib borgani uchun turizm polisiyasi tomonidan hibsga olingan.

Qayd etilishicha, topilma restavrasiya qilish uchun ochiq osmon ostida joylashgan eng yaqin muzeyga jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!