Misrda eshitish qobiliyati zaif odamlar uchun Qur’on maktabi ochildi

Misrda eshitish qobiliyati zaif odamlar uchun Qur’on maktabi ochildi

Misrning Minya viloyatida eshitish qobiliyati zaif qiz va ayollar uchun birinchi Qur’on maktabi ochilgan edi. Bu haqda Islom.uz nashri xabar beradi.

Viloyatning Avqaf bo‘limi Hukumat poytaxti Minya shahridagi masjidda maktab ochgan. Unda Qur’onni yodlash va sharhlash, diniy ta’limotlar, siyrat Nabaviy va ibodatlar bo‘yicha kurslar va darslar mavjud.

Gubernator Avqaf vazirligi vakili shayx Salama Abdul Razzoqning ma’lumotiga ko‘ra, bu Misrda eshitish qobiliyati zaif odamlarga Qur’on va diniy ta’lim beradigan birinchi maktab hisoblanadi.

Manba: muslim. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!