Misr sudi 130 nafar siyosiy mahbusni ozod qiladi

Misr sudi 130 nafar siyosiy mahbusni ozod qiladi

Misr sudi shu hafta 130 nafar siyosiy ayblanuvchini ozod etishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Anadolu inson huquqlari bo‘yicha advokatga asoslanib.

Muxolifatning Darb sayti inson huquqlari bo‘yicha advokat Xolid Aliga asoslanib, Qohira jinoiy sudi 20 ta siyosiy ish bo‘yicha 130 ayblanuvchini ozod qilayotganini aytgan. «Ular shu hafta ozod etiladi», degan Ali tafsilotlarga to‘xtalmay.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Qohira Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi so‘nggi uch kun ichida 2000 nafar ayblanuvchini hibsga olish muddatini uzaytirish masalasini ham ko‘rib chiqqan. «Shoruk» xususiy gazetasi ozod etilganlar orasida taqiqlangan «Musulmon birodarlar» guruhiga qo‘shilish ayblovi bilan hibsga olingan bir necha kishi borligini xabar qilgan.
Misr rasmiylari ushbu xabarga hech qanday izoh bermagan.

Qohira qamoqlarda siyosiy mahbuslar mavjudligini inkor etib, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat ko‘rsatilishini aytgan. Misr 2013 yilda «Musulmon birodarlar» tashkilotini qora ro‘yxatiga kiritgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!