Mirziyoyevning farmoni bilan “O‘zbekkino” Milliy agentligining nomi o‘zgardi

Mirziyoyevning farmoni bilan “O‘zbekkino” Milliy agentligining nomi o‘zgardi

“O‘zbekkino” Milliy agentligi O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi. Bu haqda Prezidentning tegishli farmoni imzolandi. Farmon matni O‘zAda e’lon qilindi.

Farmonga binoan:

👉 «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivali ta’sis etildi va 2021 yildan boshlab muntazam o‘tkazib boriladi;

👉 kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan O‘zbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etiladi;

👉 OTMlarning kinematografiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi;

👉 “Oltin Xumo” milliy kino mukofoti taqdimoti har yili an’anaviy ravishda o‘tkazib boriladi;

👉 “Kinematografiya fidokori” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.

Shuningdek, davlat buyurtmasi asosida filmlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi qoidalar belgilandi, jumladan:

➖har bir film uchun zarur malaka va bilimga ega besh nafar shaxsdan ortiq bo‘lmagan tarkibda alohida maslahatchilar guruhi tashkil etiladi;

➖ davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan film bir yil davomida prokatdan topgan foydaning 10 foizi tasvirga olgan kinokompaniyaga beriladi, 15 foizi film ijodkorlari o‘rtasida taqsimlanadi;

➖ kinokompaniyalarga filmni ishlab chiqarish jarayonida film byudjetining 10 foizigacha miqdorda naqd pul bilan hisob-kitob qilishga ruxsat etiladi.

👆Milliy seriallar ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga har yili 12 milliard so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda subsidiya mablag‘lari ajratiladi.

 Kinoteatrlar tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning har bir tumanida (shahrida) tarkibida jami o‘rindiqlar soni 250 tadan va kinozallari soni 3 tadan kam bo‘lmagan savdo-ko‘ngilochar komplekslarini qurish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan 25 sotix yer maydonlari bepul ajratiladi;

✅ 2021 yil 1 iyuldan boshlab yangi quriladigan savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-ko‘ngilochar komplekslarida jami o‘rindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4 tadan kam bo‘lmagan kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi;

✅ 2024 yil 1 yanvarga qadar kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qilish imkonini beruvchi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyishi qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda ularni xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi, biroq bitta qurilma uchun 50 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!