MIB 9 mlrd so‘mlik soliq qarzini undirdi

MIB 9 mlrd so‘mlik soliq qarzini undirdi

Majburiy ijro byurosi Xovos tuman bo‘limi davlat ijrochilari tomonidan davlat foydasi undiruvlariga qaratilgan ijro hujjatlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Ijro harakatlari davomida fuqarolarga bu borada to‘liq tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilganligi o‘z samarasini bermoqda.

Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Xovosdonmaxsulotlari AJdan undiruvchi Xovos tuman Davlat Soliq inspeksiyasi foydasiga jami 11 962 115 860 so‘m soliq qarzi undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida, qarzdor Xovosdonmaxsulotlari AJ va AO Toshkentdonmaxsulotlari o‘rtasidagi ikki tomonlama solishtirma dalolatnomasiga asosan davlat ijrochisi tomonidan Undiruvni debitorlik qarziga qaratish to‘g‘risida gi qaror qabul qilingan hamda AO Toshkentdonmaxsulotlari ning hisob raqamidan 9 239 064 953 so‘m pul mablag‘i undirilib, qarzdor Xovosdonmaxsulotlari AJning soliq qarzdorligi uchun yo‘naltirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!