Messining goli hech narsa! Ruminiyalik posbon 40 metrdan fantastik gol urdi (foto)

Messining goli hech narsa! Ruminiyalik posbon 40 metrdan fantastik gol urdi (foto)

Odatda, o‘yinning so‘nggi daqiqalarida yutqazib turgan jamoaning joniga darvozabon ora kirishini ko‘rganmiz. Bu holat ko‘pincha burchakdan to‘p uzatilganda darvozabonlarning boshi bilan gol urishida kuzatiladi.

Biroq Ruminiya chempionatining uchinchi divizionida umuman boshqacha voqea yuz berdi. O‘yinning 94-daqiqasida hisob 1:2 bo‘lib turgan paytda mag‘lub bo‘layotgan klub jarima zarbasi tepish imkoniga ega bo‘ldi. To‘p oldiga esa darvozabon yaqinlashdi. Masofa olis 40 metr. Tabiiyki, hamma posbon to‘pni jarima maydoni ichiga oshirib berishini kutgandi, ammo futbolchi to‘g‘ri darvozaga zarba yo‘lladi va aqlbovar qilmas gol kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. Golga o‘zingiz baho berishingiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!